Zoomrad ilovasida texnik ishlari olib borildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «"Zoomrad" ilovasi orqali onlayn omonatga joylamoqchi bo‘lgan mablag‘ yo‘qolib qoldi» sarlavhasi ostidagi murojaat yuzasidan AT "Aloqabank" matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur xabarda aytilgan holatni o‘rganish davomida, o‘sha kunlari "Zoomrad" ilovasida texnik ishlar olib borilayotganligi sababli, ilovadan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan. Hozirgi kunda barcha texnik nosozliklar bartaraf etilib, mijozlarga pul mablag'lari qaytarilib berildi. Mijozlarimizdan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shuningdek, "Bankirkundaligi" kanalining o'zida vaziyat hal qilingani va barcha mablag'lar mijozga qaytarilganligi haqida xabar berildi.