Hurmatli mijoz!

AT "Aloqabank" sizga hamkorligingiz va biz bilan birga bo'lganligingiz uchun o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Tashqi savdo shartnomalarida sanktsiya va taqiq joriy qilingan tovarlar oldi-sotdisi yoki sanktsiyalarni aylanib o'tishni oldini olish maqsadida

AT "Aloqabank" va mijozlar o'rtasida tuzilgan amaldagi bank xizmatlarini ko'rsatish shartnomalariga bank tomonidan qo'shimcha ravishda mijoz yoki uning operasiyasi sanktsiya ta'sir doirasiga tushganda yoki tushish xavfi mavjud bo'lganda, operasiyani o'rganish maqsadida qo'shimcha ma'lumotlarni so'rash, operasiya miqdorini chegaralash, operasiyani cheklash (rad etish) yoki amalga oshirayotgan operasiyalar mijozning anketasidagi profiliga nomuvofiq bo'lgan hollarda xizmat ko'rsatishni rad etish va mijoz bilan shartnomalarni bir tomonlama bekor qilish huquqlari kiritish nazarda tutilmoqda.

Siz bilan tuzilgan amaldagi bank xizmatlarini ko'rsatish shartnomalarining tegishli bandlariga asosan:

  • Bank, mijozni bu haqda xabardor qilib, shartnomaning shartlariga o'zgartirish kiritish huquqiga ega ekanligi;
  • Mijoz shartnomaga o'zgartirish kiritishga rozi bo'lmagan holda, foydalanuvchi o'zining rozi bo'lmasligi haqida xabarni yuborishi va shartnomani bekor qilishi mumkinligi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan AT "Aloqabank" siz bilan tuzilgan shartnomalarga sanktsiyalarga oid qo'shimcha bandlar kiritayotganligini ma'lum qiladi.

Mijoz tomonidan 2022 yil 8 sentyabrga qadar shartnomaga o'zgartirish kiritishga e'tiroz bildirilmagan taqdirda, shartnoma shartlari o'zgargan deb hisoblanadi.

Yuzaga kelgan savollar bo'yicha bank ofislariga yoki (71) 230-77-77 telefon raqami orqali bankning 24 soatlik Kontakt-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.