Visa tomonidan o‘tkazilgan “Excellence Cup 2025” tadbirida “Visa Token Services Implementation” va “Social Card Launch” yo‘nalishlari bo‘yicha e’tirof etildik. Ushbu mukofotlar — ikki jamoaning hamkorlikdagi mehnati, ishonchi va doimiy qo‘llab-quvvatlashining amaliy natijasidir.

Mijozlarimiz uchun innovatsiyalarni joriy etish, xavfsiz va qulay yechimlarni yaratish yo‘lida ko‘rsatishda davom etamiz. Biz uchun har bir loyihadagi hamkorlik — yangi bosqich, yangi imkoniyat va yangi marralardir. Kelgusida ham birgalikda yanada katta loyihalarni amalga oshirishga ishonamiz.

Hamkorligimiz bardavom bo’lsin, yutuqlarimiz ko‘payaversin!