8 авг 2023
Joriy yilning avgust oyida AloqaBankning "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish” xizmati va "Valyuta nazorati va tashqi savdoni moliyalashtirish” departamentining hududlarda faoliyat yurituvchi xodimlari ishtirokida bankning Korporativ akademiyasida o`quv seminari bo'lib o'tdi.
Mazkur seminarda Markaziy bank va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tajribali mutaxassislari ishtirok etishdi.
O'quv seminar davomida, ish jarayonida yuzaga kelayotgan savollarga javoblar berildi, munozarali holatlar tegishli davlat organlari mutaxassislari ishtirokida muhokama qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.