Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта

Mobil ilova

Zoomrad ilovasi intuitiv interfeysga ega boʻlib foydalanuvchiga maksimal qulay qilib ishlab chiqilgan.
Sayohat uchun pul toʻplash, hech qanday toʻlovlarnini oʻtkazib yubormaslik, daromadlarni koʻpaytirish, kartadan kartaga pul oʻtkazmalaridan keshbek olish va yana koʻplab imkoniyatlar barcha bank mijozlari uchun Zoomrad ilovasida mujassam.
Menyu
Ilova haqida qisqacha ma’lumot

Toʻlov kartalaridagi mablagʻlaringizni erkin boshqarish hamda turli jamgʻarma va omonatlardan foydalanish, 300 dan ortiq xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, kartadan kartaga pul oʻtkazmalaridan keshbek olish va yana koʻplab imkoniyatlar barcha bank mijozlari uchun Zoomrad ilovasida mujassam.

Zoomrad ilovasida roʻyxatdan oʻtish juda oson - mobil telefon raqamini kiritish va bank kartasini qoʻshishingizning oʻzi kifoya. Karta raqamini va boshqa ma’lumotlarni qoʻlda kiritmaslik uchun qulay skaner xizmati mavjud.

Kartasi mavjud bo‘lmagan foydalanuvchilar ilova orqali kartaga onlayn buyurtma berishlari yoki bankka tashrif buyurmasdan virtual bank kartalarini rasmiylashtirishlari mumkin. Uzcard va HUMO kartalaridan tashqari, xalqaro toʻlov tizimlarida ishlovchi UnionPay, MIR, Visa kartalariga ham buyurtma berish mumkin. Yetkazib berish xizmati bank xodimlari tomonidan qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi.

Xizmatlar uchun toʻlovlar

Zoomrad ilovasi orqali siz mobil aloqa, internet xizmatlari, kommunal va davlat xizmatlari, bolalar bogʻchalariga, onlayn-doʻkonlardagi xaridlar uchun, elektron hamyonlarni toʻldirish va boshqa koʻplab toʻlovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Takror ravishda amalga oshiriladigan toʻlovlarni qulaylik maqsadida saqlash imkoniyati mavjud.

«Avtoto‘lov» xizmati orqali foydalanuvchi aloqadan uzilgan holatda ham ortiqcha vaqt sarflamasdan oylik toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin . Bu funksiya har qanday xizmat uchun toʻlovni amalga oshirishda mavjud.

«Mening uyim» xizmati orqali mijozlargaga turar joy bilan bogʻliq ma’lumotlarni, kommunal xizmatlar balansini onlayn kuzatish va ular boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

«OTM shartnoma toʻlovi» xizmati orqali mijozlar JShShIR kodlarni kiritgan holda oliy ta’lim muassasalariga kontrakt toʻlovlarini onlayn amalga oshiradilar.

«Mening avtomobilim» xizmati orqali mijozlarga shaxsiy yoki biriktirilgan avtomobillar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar(majburiy sugʻurta muddatlari, qoʻllanilgan jarimalar, rasmiylashtirilgan ishonchnomalar)ni onlayn kuzatib borish hamda qoʻllanilgan jarimalar boʻyicha to‘lovlarni amalga imkoniyati mavjud.

Oʻtkazmalar

Zoomrad ilovasida kartalar oʻrtasidagi pul oʻtkazmalari uchun eng kam komissiyalar (0,5%) undiriladi. Aloqabank kartalari orasida esa mutlaq bepul. Har qanday bank kartasiga pul yuborishingiz mumkin. Bu yerda ma’lumotlarni qoʻlda kiritmaslik uchun qulay skaner funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek «VISA Direct» xizmati orqali VISA kartalari oraqali AQSh Dollaridagi oʻtkazmalarni ham amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Zoomrad ilovasida kartadan kartaga oʻtkazmalar uchun har 2000 soʻm uchun 1 ball (1 soʻm) miqdoridagi keshbek beriladi. Kredit toʻlovlarini amalga oshirishda ham xuddi shu miqdorda keshbek beriladi. Kommunal toʻlovlardan tashqari har qanday xizmatlar uchun toʻlangan har 1000 so‘m uchun 5 ball beriladi.

Shu bilan birgalikda, ilovada «Zolotaya Korona» tizimi boʻyicha xalqaro pul oʻtkazmalari xizmati ham mavjud. Shaxsiy kabinetga kirish uchun mobil telefon raqamiga yuborilgan kodni kiritishingiz kerak boʻladi. Kerakli ma’lumotlarni toʻldirib, pul mablagʻlarini kartaga oʻtkazishingiz mumkin.

Onlayn omonatlar

Daromadli va qulay shartlarda omonatlarning ikki turidan onlayn foydalanish imkoniyati mavjud. Bular «Joziba Plyus» hamda «Chorak asr» onlayn omonatlarini tashkil etadi.

«Joziba Plyus» onlayn omonati – omonat eng kamida 1 000 000 (bir million soʻm) miqdor bilan ochiladi hamda uni 3 oydan 6 oygacha boʻlgan muddatda rasmiylashtirish mumkin.

«Chorak asr» onlayn omonati – omonat eng kamida 50 000 (ellik ming soʻm) miqdor bilan yillik 22 % ustama toʻlash sharti bilan 12 oy muddatga rasmiylaytirilishi mumkin.

Onlayn mikroqarz

Pul mablagʻlari zarur boʻlganda 2 450 000 soʻm gacha oylik 2,24% stavkada mikroqarz mahsulotlari mavjud. Ushbu xizmat bankda ish haqi loyihasi doirasidagi karta egalariga taqdim etiladi.

Valyuta ayirboshlash

Zoomrad ilovasida siz dollarlarni soʻmga ayirboshlashingiz yoki aksincha soʻmni dollarga ayirboshlashingiz mumkin hamda istalgan bank kartalaridan foydalanishingiz mumkin. Konversiya bir zumda amalga oshiriladi - ayirboshlash miqdorni kiritish va "davom etish" tugmasini bosishning oʻzi kifoya. Pul mablagʻlari shu onda plastik kartada koʻrinadi. Komissiya miqdori -0%.

Kopilka
Zoomrad foydalanuvchilarga katta xaridlar, sayohat, ta’lim yoki har qanday holat uchun pul mablagʻlarini jamgʻarishingizga koʻmaklashadi. Bunda foydalanuvchi qanday maqsadda pul jamgʻarishi va kopilkani qanday usulda toʻldirishini belgilashi kifoya.

Zoomrad ilovasida yana qanday xizmatlar mavjud

Ilovada QR kodi boʻyicha toʻlovni amalga oshirish mumkin. Bankka murojaat qilishning bir necha usuli bor. Kontakt markazi qoʻngʻiroq qilishingiz uchun faqatgina «Bankka qoʻngʻiroq» tugmasini bosing va ilova avtomatik ravishda qoʻngʻiroqni amalga oshiradi.

Bundan tashqari, Telegram-bot orqali bankning texnik yordamiga ham murojaat qilishingiz mumkin. Yoki xaritada eng yaqin HKXKM/KXKM ni toping. Mijozning manzilini aniqlab, Zoomrad xaritada eng yaqin mijozlarga HKXKM/KXKMlar, bankomatlar va valyuta ayirboshlash shaxobchalarini koʻrsatadi. Kerakli markazni tanlab, uning ish taribi , manzili, telefon raqamini bilib olishingiz va manzilga eltuvchi marshrutni koʻrishingiz mumkin.

Zoomrad ilovasi intuitiv interfeysga ega boʻlib foydalanuvchiga maksimal qulay qilib ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda dasturda keraksiz belgilar va funksiyalar koʻzda tutilmagan.

Zoomrad ilovasi yuklab oling:

App Store   Google Play

Valyuta kurslari
  • Ayirboshlash shoxobchasida
  • Zoomrad ilovasida onlayn
  • Bankomatda
Valyuta Sotib olish Sotish MB kursi
USD
12600
12690
12640.21
EUR
13000
14000
13559.15
GBP
15500
16500
15817.96
JPY
75
95
81.22
CHF
13400
14400
13850.77
RUB
95
140
137.02
26.04.2024 12:00:00 dan ma’lumotlar
Valyuta Sotib olish Sotish MB kursi
USD
12620
12660
12640.21
26.04.2024 12:00:00 dan ma’lumotlar
Valyuta Sotib olish Sotish MB kursi
USD
12500
12690
12640.21
EUR
10500
13559.15
26.04.2024 12:00:00 dan ma’lumotlar
Dashbord
Barcha muhim to‘lovlar va oʻtkazmalar bir joyda
Mavjud Google Play Yuklang App Store
«Zoomrad» mobil ilovasi
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
Keshbek
Toʻlovlar va xatto pul oʻtkazmalari uchun qulay keshbek
Mavjud Google Play Yuklang App Store
«Zoomrad» mobil ilovasi
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
Omonatlar
Onlayn omonatlarni oching
va jamgʻarmalaringizni koʻpaytiring
Mavjud Google Play Yuklang App Store
«Zoomrad» mobil ilovasi
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Kontakt-markazi 24/7
Ishonch telefoni
Ish tartibi: dushanba-juma 09:00-18:00
Komplayens xizmati telefoni
Sayt menyusi
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X