Ofis va Bankomatlar
Qidirmoq
71 230 77 77

Zoomrad mobil ilovasi

Istalgan xizmatlar uchun to'lovlar, to'lovlar haqida batafsil ma'lumot va boshqa ko'plab imkoniyatlar Zoomrad ilovasida mujassam

Мобильное приложение Zoomrad

Ilova haqida qisqacha ma'lumot

Sayohat uchun pul to'plash, hech qanday to'lovlarnini o'tkazib yubormaslik, daromadlarni ko'paytirish, kartadan kartaga pul o'tkazmalaridan keshbek olish va yana ko'plab imkoniyatlar barcha bank mijozlari uchun Zoomrad ilovasida mujassam.

Zoomrad ilovasida ro'yxatdan o'tish juda oson - mobil telefon raqamini kiritish va bank kartasini qo'shishingizni o'zi kifoya. Karta raqamini va boshqa ma'lumotlarni qo'lda kiritmaslik uchun qulay skaner xizmati mavjud.

Kartasi mavjud bo'lmagan foydalanuvchilar ilova orqali kartaga onlayn buyurtma berishlari mumkin. Uzcard va HUMO kartalaridan tashqari, xalqaro to'lov tizimlarida ishlovchi UnionPay, MIR, Visa kartalariga ham buyurtma berish mumkin. Yetkazib berish xizmati bank xodimlari tomonidan qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi.

о приложении Zoomrad

Xizmatlar uchun to'lovlar

Zoomrad ilovasi orqali siz mobil aloqa, internet xizmatlari, kommunal va davlat xizmatlari, bolalar bog'chalariga, onlayn-do'konlardagi xaridlar uchun, elektron hamyonlarni to'ldirish va boshqa ko'plab to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Tez-tez amalga oshiriladigan to'lovlarni qulaylik maqsadida saqlash imkoniyati mavjud.

"Avtoto'lov" xizmati orqali foydalanuvchi aloqadan uzilgan holatda ham ortiqcha vaqt sarflamasdan oylik to'lovlarni amalga oshirishlari mumkin . Bu funksiya har qanday xizmat uchun to'lovni amalga oshirishda mavjud.

Hisobdagi qoldiqlar va kommunal xizmatlar, internet, mobil aloqa uchun qarzlarni dashbord orqali kuzatish imkoni mavjud. Buning uchun siz xizmatlarni tanlashingiz va ro'yxatdan o'tib ma'lumotlarini (Login, shaxsiy hisob raqami va boshqalar) kiritishingiz kerak bo'ladi.

Оплата услуг в Zoomrad

O'tkazmalar

Zoomrad ilovasida kartalar o'rtasidagi pul o'tkazmalari uchun eng kam komissiyalar (0,5%) undiriladi. Aloqabank kartalari orasida esa mutlaq bepul. Har qanday bank kartasiga pul yuborishingiz mumkin. Bu yerda ma'lumotlarni qo'lda kiritmaslik uchun qulay skaner funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Zoomrad ilovasida kartadan kartaga o'tkazmalar uchun har 2000 so'm uchun 1 ball (1 so'm) miqdoridagi keshbek beriladi. Kredit to'lovlarini amalga oshirishda ham xuddi shu miqdorda keshbek beriladi. Kommunal to'lovlardan tashqari har qanday to'langan 1000 so'm uchun 5 ball beriladi.

Shuningdek, ilovada "Zolotaya Korona" tizimi bo'yicha xalqaro pul o'tkazmalari xizmati ham mavjud. Shaxsiy kabinetga kirish uchun mobil telefon raqamiga yuborilgan kodni kiritishingiz kerak bo'ladi. Kerakli ma'lumotlarni to'ldirib, pul mablag'larini kartaga o'tkazishingiz mumkin.

Переводы в Zoomrad

Omonatlar va kreditlar

Daromadli va qulay shartlarda omonatlarning ikki turidan onlayn foydalanish imkoniyati mavjud. Pul mablag'lari zarur bo'lganda 2 450 000 so'm gacha oylik 2,24% stavkada mikroqarz mahsulotlari mavjud.

Вклады и кредиты в Zoomrad

Valyuta ayirboshlash

Zoomrad ilovasida siz dollarlarni so'mga ayirboshlashingiz yoki aksincha so'mni dollarga ayirboshlashingiz mumkin hamda istalgan bank kartalaridan foydalanishingiz mumkin. Konversiya bir zumda amalga oshiriladi - ayirboshlash miqdorni kiritish va "davom etish"tugmasini bosishni o'zi kifoya. Pul mablag'lari shu onda plastik kartada ko'rinadi. Komissiya miqdori -0%.


Pul qutisi

Zoomrad foydalanuvchilarga katta xaridlar, sayohat ,ta'lim yoki har qanday holat uchun pul mablag'larini yig'ishingizga ko'maklashadi. Bunda foydalanuvchi qanday maqsadda pul jamg'arishi, va kopilkani qanday usulda to'ldirishini belgilshi kifoya.

Копилка в Zoomrad

Zoomrad ilovasida yana qanday xizmatlar mavjud.

Ilovada QR kodi bo'yicha to'lovni amalga oshirish mumkin. Bankka murojaat qilishning bir necha usuli bor. Kontakt markazi qo'ng'iroq qilishingiz uchun faqatgina "Bankka qo'ng'iroq" tugmasini bosing va ilova avtomatik ravishda qo'ng'iroqni amalga oshiradi.

Bundan tashqari, Telegram-bot orqali bankning texnik yordamiga ham murojaat qilishingiz mumkin. Yoki xaritada eng yaqin filialni toping. Mijozning manzilini aniqlab, Zoomred xaritada eng yaqin mijozlarga xizmat ko'rsatish markazlari, filiallar, bankomatlar va valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ko'rsatadi. Kerakli markazni tanlab uning ish taribi , manzili, telefon raqamini bilib olishingiz va manzilga eltuvchi marshrutni ko'rishingiz mumkin.

Zoomrad ilovasi intuitiv interfeysga ega bo'lib foydalanuvchiga maksimal qulay qilib ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda dasturda keraksiz belgilar va funksiyalar ko'zda tutilmagan.

Ilovani havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

beta-versiya