Menyu
Karta haqida
Individual dizayndagi «Bolalar Humo» bank kartasini ochish bilan Siz:
- istalgan vaqtda pul mablag‘lari kartadan kartaga o‘tkazishga;
- farzandingizda pul mablag‘larini maqsadli tasarruf etish ko‘nikmasi hosil qilishga;
- pul mablag‘lari aylanmasini doimiy nazorat qilishga erishasiz.
Individual dizayndagi «Bolalar Humo» bank kartasini ochish bilan farzandingiz:
- individual dizayndagi «Bolalar Humo» bank kartasiga ega bo‘ladi;
- moliyaviy savodxonligini oshiradi;
- ehtiyoj tug‘ilganda masofadan turib pul mablag‘larini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
- bank kartasi o‘z nomiga ochilgani uchun uni ishlatishda hech qanday muammoga duch kelmaydi;
- «Humo» bank kartasining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanadi.
Taqdim qilinadigan xujjatlar:
- 7 dan 16 yoshgacha bo‘lgan bolaning pasporti yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
- ota yoki onaning pasporti;
- ota yoki onaning arizasi;
- bank kartasini rasmiylashtirishda bolaning bankka kelishi shart emas.