Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

7-may sanasi yurtimizda "Aloqachilar kuni" sifatida nishonlanib keladi.

Bugungi kunda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi butun dunyo bo'ylab jadal sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Buning samari o'laroq, yangidan-yangi imkoniyatlar yaratilmoqda, yuzaga kelayotgan masalalar tezkorlik bilan yechilmoqda. Umuman olganda, ushbu sohaga bo'lgan e'tibor hozirgi vaqt kelib zamon talabi sifatida qaralmoqda.

Mazkur sohaga bevosita aloqador hisoblangan AT "Aloqabank" bayram munosabati bilan "Aloqa tarixi muzeyiga" press-tur uyushtirdi. OAV va bank xodimlari ishtirok etgan tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi. Ishtirokchilar aloqa tarixi, uning rivojlanib borish bosqichlari hamda bugungi kunda yaratilayotgan zamonaviy texnologiyalar haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishtirildi.