
22 Yan 2025
3-yanvar kuni Startup Garage'ning Buxoro filiali ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.
Eslatib o'tamiz: mazkur loyiha Buxoro viloyati, Buxoro shahri, “AloqaBank” binosida joylashgan.
Manzil: 200114, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Zulfiya koʻchasi, 20-uy.
Ochilish marosimida davlat tashkilotlari vakillari, investorlar, biznes hamjamiyatining yetakchi vakillari hamda startap sohasi mutaxassislari ishtirok etishdi. Tadbir davomida Startup Garage’ning asosiy maqsadlari, taqdim etilayotgan xizmatlar hamda yosh startapchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Startup Garage Buxoro filiali qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?
- Startaplarni rivojlantirish dasturlari – innovatsion g‘oyalarni biznesga aylantirish uchun maxsus treninglar va akseleratsiya dasturlari;
- Mentorlik va tajriba almashish – tajribali tadbirkorlar va ekspertlar bilan uchrashuvlar, maslahatlar;
- Investitsion imkoniyatlar – mahalliy va xalqaro investorlar bilan hamkorlik qilish imkoniyati;
- Texnologik inkubatsiya – IT, fintech, elektron tijorat va sun’iy intellekt sohalarida faoliyat yuritayotgan startaplar uchun maxsus dasturlar.