28 Sen 2023
Azal-azaldan o‘zbek xotin-qizlarining kiyim javonini xon atlas, adraslarsiz tasavvur qilish qiyin. Uning betakror ko‘rinishi, ranglari va naqshlari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, har qanday faslda ham bahoriy kayfiyatni baxsh etadi.
28-sentabr — Xon atlas kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan yurtimizning barcha hududlaridagi mahallalar, vazirlik va idoralarda, korxona tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ayollarmizning atlas liboslarida ishga kelishi bo‘yicha tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu festivalning shukuhi AloqaBank xotin-qizlarini mazkur kunni milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan atlas va adras liboslarda yuqori kayfiyatda fayzli o‘tkazishlariga sabab bo‘ldi.