“ICTWeek Uzbekistan — 2023” AKT haftaligi doirasida AloqaBank va Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatori (ATTO) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, tomonlar jamoat transport to‘lovlarini yanada qulayligini oshirishga qaratilgan uzviy aloqalarni yo‘lga qo‘yishlari ko‘zda tutilgan.