"Bank faoliyatiga oid qonunchilikdagi o’zgarishlar" mavzusida o’quv seminari bo'lib o'tdi.

"Bank faoliyatiga oid qonunchilikdagi o’zgarishlar" mavzusida o’quv seminari bo'lib o'tdi.

Seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad filiallarda amaldagi qonunchiligi hujjatlariga rioya qilinishi, mazkur yo’nalish bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga kiritilgan o’zgartirishlar, xususan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati, sud tizimida qonunchiligiga kiritilgan o’zgarishlar va ularning amalga tatbiq etilishi hisoblanadi.

Shuningdek, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlarning, mehnat shartnomalarini tuzish, o’zgartirish va bekor qilish asoslari va tartibi, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risda»gi qonun, elektron tijorat va uni rivojlantirish istiqbollari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga doir qonunchilik hujjatlarga kiritilgan o’zgartirishlar, banklar va bank faoliyatiga oid qonunchilikdagi o’zgarishlar, ularning mazmun mohiyati va amaliyotda qo’llanilishlarini o’rganish.

06-05-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.