“Banklar faollik indeksi” ishlab chiqildi.

“Banklar faollik indeksi” ishlab chiqildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan O‘zbekistondagi 31 ta tijorat banklari uchun “Banklar faollik indeksi” ishlab chiqildi.

Ushbu tadqiqot bank tizimi aktivlari tarkibida xususiy sektor ulushining o‘zgarishlari, bank sohasidagi islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini baholab borish uchun o‘tkazilmoqda.

2021-yil 1-mart holatiga ko‘ra respublika bank tizimi aktivlari 366,2 trln. so‘mni (2020 yil 1 martga nisbatan o‘sish — 31,3%), majburiyatlari — 306,6 trln. so‘mni (o‘sish — 38,3%), kapital 59,5 trln. so‘mni (o‘sish — 12,4%) tashkil etdi.

17 ta yirik bank orasida ATB “Kapitalbank” o‘tgan yilning 2-choragidan buyon 1-o‘rinni saqlab qolmoqda. “Trastbank” umumiy reytingda 2020-yil 4-chorakdagi o‘rnidan 2 pog‘ona ko‘tarilib, 2-o‘rinni egalladi. АК “Aloqabank” davlat ulushi mavjud yirik banklardan biri sifatida umumiy reytingda 3-o‘rinni saqlab qoldi. Ushbu bank moliyaviy vositachilik, kapital yetarliligi va aktivlar sifati bo‘yicha yaxshi natijalarni ko‘rsatdi.

28-04-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.