"Global Money Week" haftaligi: Maktab o'quvchilari bilan uchrashuv

"Global Money Week" haftaligi: Maktab o'quvchilari bilan uchrashuv

Ulg'ayib kelayotgan yosh avlodning har taraflama yetuk va komil inson bo'lib voyaga yetishida moliyaviy bilimlarni puxta egallash juda muhim. Bu borada har yili an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan "Global Money Week" - Butunjahon pul haftaligi doirasida o’tkaziladigan darslar, davra suhbatlari, tanlovlar va o’yinlar yoshlarimizning yuqori qiziqishiga sabab bo’lmoqda.

Joriy yilning 12-16 aprel kunlari ushbu haftalik doirasida AT “Aloqabank” xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent va Bo’stonliq tumanlarida joylashgan maktablarda o’quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan darslar o’tkazildi.

"Elektron hamyonlar, ularning qulayligi va foydasi", "Naqd va naqdsiz pullar", "Pul va uning turlari" kabi mavzularda olib borilgan ochiq dars o'quvchilarning moliya yo’nalishidagi bilimlarini yanada rivojlantirdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ayniqsa, olib borilgan dars mavzulari yuzasidan o'quvchilar orasida haqiqiy sog'lom bahs bo'lib o'tganligini hamda har bir o'quvchi moliya, iqtisod, bank sohalari bo’yicha o'zlarining mustaqil fikrlarini bayon qilishda juda faol ishtirok etishganini alohida ta'kidlab o'tishimiz joiz.

Bundan tashqari ochiq dars ishtirokchilari maktab o'quvchilari orasida e'lon qilingan devoriy gazetalar tanlovi shartlari bilan ham tanishtirilishdi.

  

  

  

  

  

  

17-04-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.