Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi asalarichilikka bag'ishlandi

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi asalarichilikka bag'ishlandi

Joriy yilning 6-aprel sanasida Xalqaro press-klubning asalarichilik sohasini yoritishga bag’ishlangan  navbatdagi sessiyasi Toshkent viloyati Qibray tumanida bo’lib o’tdi. Tadbir davomida asalarichilik sohasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, bugungi kunda qancha asalari oilalari mavjud hamda bir yil mobaynida qancha asal ishlab chiqarilayotganligi, asalarichilikni yanada rivojlantirish uchun kelgusida qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilayotganligi haqida so’z yuritildi.

E’tiborli jihati ushbu sohaga qiziqish bildirgan yurtdoshlarimiz uchun ishni dastlab nimadan boshlash kerakligi, mavjud iqlim va sharoitlardan kelib chiqib ishni qanday tashkil qilinishi hamda eng muhimi bank tomonidan kredit ajratilish shartlari haqida to’liq ma’lumotlar berildi.

  

  

06-04-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.