AT “Aloqabank” “mahallabay” ishlash tizimida faol ishtirok etmoqda!

AT “Aloqabank” “mahallabay” ishlash tizimida faol ishtirok etmoqda!

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “mahallabay” ishlash tizimining joriy etilishi aholi farovonligini yuksaltirish, bandligini ta'minlash hamda daromadini yaxshilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Vazirlik va tarmoqlar, banklar vakillaridan iborat ishchi guruh Andijon viloyatdagi mavjud 1 ming 41 mahallada o’rganishlar olib borib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotda bo’lmoqda. Shuningdek, hududga biriktirilgan iqtisodiy kompleks va banklar vakillari xonadonma-xonadon yurib, odamlarning muammolarini tinglayapti. Mahallaning o’sish nuqtalarini aniqlab, iqtisodiy rivojlantirish choralarini ishlab chiqmoqda.

Shu o’rinda Buloqboshi tumanida ham joriy etilgan mahallabay tizimi o’z natijasini ko’rsatib kelmoqda.
Joriy yilda ehtiyojmand oilalarga jami 63,8 mlrd. so’m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish belgilab olindi.

Xususan, 1-sektorga biriktirilgan MFYlarga 17,7 mlrd. so’m, 2-sektorga biriktirilgan MFYlarga 17,8 mlrd. so’m, 3-sektorga biriktirilgan MFYlarga 14,1 mlrd. so’m va 4-sektorga biriktirilgan MFYlarga 13,8 mlrd. so’mlik imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida daftarlarga kiritilgan fuqarolarning 803 tasi doimiy va mavsumiy ish bilan ta'minlanib, 514 tasiga imtiyozli bank kreditlari ajratiladi hamda 361 tasiga moddiy yordam ko’rsatiladi.

Birgina, “Farovon” MFY hududida “Ismoil sanoat servis” MChJ tomonidan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun 500 000 AQSh dollari miqdorida kredit ajratish hisobiga “Ayollar daftari”ga kiritilgan 200 nafar ayol-qiz ish bilan ta'minlanadi.

 

 

16-03-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.