AT “Aloqabank” mehnat yarmarkasida qatnashdi.

AT “Aloqabank” mehnat yarmarkasida qatnashdi.

AT “Aloqabank” mehnat yarmarkasida qatnashdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, bugunning o’zida har bir bitiruvchini aniq bir tashkilotga biriktirishni ta’minlash bilan birga, uning bo’lajak ish joyi, ishlashi va ijtimoiy sharoitlarini aniq belgilash zarur. Mamlakatimizda yoshlar muammolariga, ularning ish bilan bandligiga katta e’tibor berilmoqda, xususan, mehnat bozoriga birinchi marta kirib kelayotgan yoshlarni ishga joylashtirish ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralayotganligi ham buni tasdiqlaydi.

Joriy yilning 18 fevral kuni Toshkent moliya institutida tashkillashtirilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida o’z tizimida yoshlarga yuqori darajada e’tibor qaratadigan AT “Aloqabank” ham qatnashdi. Yarmarka davomida institut talabalariga bank faoliyati, ishga kirish uchun belgilangan talablar hamda mavjud bo’sh o’rinlari haqida ma’lumotlar berildi. O’ylaymizki bu turdagi tadbirlar institut bitiruvchilarini o’z sohasi bo’yicha munosib ish o’rinlariga ega bo’lishlarida muhim qadam bo’lib qoladi.

  

18-02-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.