Xodimlar kasb malakasini oshirish bo'yicha o'quv-seminar o'tkazildi.

Xodimlar kasb malakasini oshirish bo'yicha o'quv-seminar o'tkazildi.

Xodimlar kasb malakasini oshirish bo'yicha o'quv-seminar o'tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi PF-5992 Farmoni bo’yicha AT “Aloqabank” Amaliyot boshqarmasi va barcha filial boshliqlarini kasb malakasini oshirish maqsadida, joriy yilning 18-23 yanvar kunlari o’quv seminari o’tkazildi.

O’quv-seminar davomida “Bank tavakkalchiliklarini boshqarishda risk menejmentining o’rni”, “Bank tizimida likvidlikni boshqarishning ahamiyati” kabi mavzularda ma’ruzalar, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi oxirgi o’zgarishlar haqida darslar o’tkazildi. Bundan tashqari taklif etilgan psixolog tomonidan rahbar xodimlar uchun maxsus psixologik treninglar tashkillashtirildi. O’quv-seminarning so’nggi kunida “Samarali bank boshqaruvini tashkil etish yo’llari, muammolar va takliflar” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

  

  

23-01-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.