Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti murojaatnomasi mazmuniga bagʼishlangan tadbir

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti murojaatnomasi mazmuniga bagʼishlangan tadbir

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti murojaatnomasi mazmuniga bagʼishlangan tadbir.

Joriy yilning 22-yanvar sanasida АT “Аloqabank”da Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yoʼllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targʼib qilishga qaratilgan tadbir oʼtkazildi.

Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti kafedra mudiri Igitov Farrux Baxtiyarovich oʼz maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Erkin muloqot tarzida oʼtkazilgan tadbirning birinchi qismida Murojaatnoma mazmuni, unda ilgari surilgan gʼoyalar va tashabbuslarning mohiyati haqida soʼz bordi. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, diniy bagʼrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash hamda oʼzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʼnalishlar qayd etildi.

Tadbirning ikkinchi qismida bank xodimlari tomonidan qiziqish bilidirilgan masalalar yuzasidan berilgan savollarga javoblar berildi hamda bank tizimiga doir maʼlumotlar boʼyicha fikr almashilindi.

 

 

22-01-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.