Yurisprudensiya mutaxassislarini taklif qilamiz

Yurisprudensiya mutaxassislarini taklif qilamiz

AT “Aloqabank” yurisprudensiya mutaxassisligi bo’yicha doimiy ishga qabul qilish uchun tanlov e'lon qiladi.

Vazifalar:

1. Huquqni qo’llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlashni tashkil etish;

2. huquqiy xarakterdagi hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o’tkazish va ularga xulosalar yozish.

3. ish rejalarini shakllantirish va nazorat qilish, muddatlar va ustuvorliklar.

4. bank tizimida huquqiy xarakterdagi ichki qoidalar va tartiblarni ishlab chiqish, takliflar berish.

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

1. O’zbek va rus tillarida erkin so’zlasha olishi lozim (ingliz tilini bilish yuqori baholanadi).

2. Yoshi 19 dan 35 yoshgacha.

3. Oliy yuridik ma'lumot diplomiga ega bo’lishi kerak.

4. Yuridik sohada ishlaganligi yuqori baholanadi.

5. Axborot kommunikasiyalari sohasidagi bilimlarga ega bo’lishi inobatga olinadi.

6. chet elda o’qigan va chet el diplomiga ega shaxslarga qo’shimcha to’lovlar ko’zda tutilgan.

Talab qilinadigan ish tajribasi:

1. 3 yildan ortiq (yo’nalish-bank faoliyati)

Rezuymeni quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: Mirjalol.Soliyev@aloqabank.uz

19-01-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.