“Novza” kompleks xizmatlar ko’rsatish markazi o’z ish faoliyatini boshladi

“Novza” kompleks xizmatlar ko’rsatish markazi o’z ish faoliyatini boshladi

AT “Aloqabank” mijozlarga yanada ko’proq qulaylik yaratish maqsadida xizmat ko’rsatish ko’lamini kengaytirishda davom etadi. Sizlarga mamnuniyat bilan Toshkent shahri Chilonzor tumanida “Novza” kompleks xizmatlar ko’rsatish markazi o’z ish faoliyatini boshlaganini ma’lum qilamiz.

Markazda ko’rsatiladigan xizmat turlari:

  • Yuridik shaxslarga hisobraqam ochish;
  • Yuridik shaxslar hisobraqamiga xizmat ko’rsatish;
  • Yuridik shaxslarni kreditlash;
  • Yuridik shaxslar kunlik naqd pul tushumini qabul qilish;
  • Jismoniy shaxslarni kreditlash;
  • Plastik kartochkalar bilan bog’liq operatsiyalar;
  • Terminalda boshqa bank kartasidan naqd pul yechish;
  • Xalqaro pul o’tkazmalari;
  • Omonat operatsiyalari;
  • Bir martalik to’lovlar(byudjet, kommunal va boshqa to’lovlar);
  • Bankomat (24/7).

 

 

Markaz manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko’chasi 11-uy.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.