AT «Aloqabank» o'z mijozlarini qadrlaydi va qo'llab-quvvatlaydi

AT «Aloqabank» o'z mijozlarini qadrlaydi va qo'llab-quvvatlaydi

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan to’lov muddati uzaytirilayotgan kreditlar bo’yicha rasmiylashtiriladigan

HUJJATLAR RO’YXATI

1. Ariza (asoslantirilgan murojaat)

2. Korxona ta’sischilarining rozilik bayoni (muddatni uzaytirish to’g’risida)

3. Kredit shartnomasiga qo’shimcha kelishuv va qaytarish grafigi;

4. Sug’urta shartnomasiga qo’shimcha kelishuv.

BIRGALIKDA YENGAMIZ!

AT “ALOQABANK” O’Z MIJOZLARINI QADRLAYDI VA QO’LLAB-QUVVATLAYDI.

Hurmatli mijozlar,

Bank tomonidan pandemiya sharoitini inobatga olib, ajratilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz va/yoki foiz to’lovlarining muddati Siz tomoningizdan taqdim etilgan arizalarga muvofiq uzaytirib berilganligini ma’lum qilamiz.

Avval ta’kidlanganidek, to’lov muddati uzaytirilgan davrda bank tomonidan foizlarni kunlik hisoblab borish amaliyoti to’xtatilmaydi va ushbu o’zgarish qarzdornining asosiy qarzi  va hisoblangan foizlar bo’yicha qarzdorliklarni to’lash majburiyatidan ozod etmaydi.

To’lov muddatlari uzaytirilgan barcha mijozlardan Respublika maxsus komissiyasining karantin davri yakunlangani to’g’risidagi rasmiy qarori qabul qilingandan so’ng 15 kun muddat ichida kredit va sug’urta shartnomalari bo’yicha qo’shimcha kelishuvlarni imzolash uchun bankka murojaat qilishlari so’raladi.

Bunda, mijozlardan faqatgina korxona ta’sischilarining asosiy qarz va/yoki foiz to’lovlari muddatini uzaytirishga roziligi to’g’risidagi qarorini bankka taqdim etish talab etiladi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.