Bank rahbariyatining tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlari

Bank rahbariyatining tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlari

Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatash va yanada rivojlantirish maqsadida 2019 yil 13-24 avgust kunlari AT “Aloqabank” rahbariyati kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlari bilan sayyor uchrashuvlar tashkillashtirdi.

Birinchi uchrashuv bank Boshqaruvi Raisi K.Irisbekova  boshchiligida Toshkent shahrida 50 dan ziyod tadbirkorlar ishtirokida bo’lib o’tdi. Ochiq muloqot shaklida bo’lib o’tgan uchrashuvda tadbirkorlar o’zini qizitirgan savollarga, jumladan eksport operasiyalariga xizmat ko’rsatish va xorijiy kredit liniyalari sohasiga oid savollarga batafsil javoblar olishdi.

Tadbirkorlik sub'ektlari bilan sayyor uchrashuvlar AT “Aloqabank” filiallari mavjud barcha viloyatlarida tashkillashtirildi. Shu tarzdagi uchrashuvlarni bank Boshqaruvi Raisining birinchi o’rinbosari J.Egamberdiev tomonidan Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlarida o’tkazildi. Tadbirkorlar tomonidan yangi bank xizmatlari, texnologiyalari hamda bank infratuzilmasini rivojlantirishga qiziqish bildirildi.

Aytib o’tish joizki, sayyor uchrashuvlar nafaqat bank tomonidan ochiq muloqot shaklida, balki tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini olib borayotgan joylarda ham amalga oshirildi. Jumladan, Namangan viloyatida ochiq muloqot shaklida bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng bank Boshqaruvi Raisining birinchi o’rinbosari J.Egamberdiev Ideal Textile Orzu vakillari bilan tekstil fabrikasi hududida hamda Jizzax viloyatida bank Boshqaruvi Raisi o’rinbosari X.Raxmatov MChJ “Aziya plast kapital” vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazdi.

AT “Aloqabank” tomonidan bundan buyon ham ushbu yo’nalishdagi ochiq muloqot shaklida uchrashuvlarni uyushtirish rejallashtirilgan bo’lib, kelgusi uchrashuv Toshkent shahri Mirobod tumani tadbirkorlari bilan filiallar boshliqlari boshchiligida 10 sentabr  kuni bo’lib o’tadi.

Yangiliklarimizni kuzatib boring va bank rahbariyatiga to’g’ridan-to’g’ri savol yo’llash imkoniyatidan foydalaning.

Bo’lib o’tgan uchrashuvlardan fotolavhalarni taqdim etamiz.

   

 

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.