Yilning eng yaxshi filiali

Yilning eng yaxshi filiali

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 31 oktyabrdagi PQ-991 - sonli Qaroriga muvofiq Respublika tijorat banklari o'rtasida 2013 yil yakunlariga ko'ra aholi bo'sh pul mablag'larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo'yicha tanlov o'tkazildi.

Ushbu tanlovda jami 27 ta tijorat banki, 837 ta filiallar, 4 196 ta mini-bank va maxsus kassalar ishtirok etdi.

Mazkur tanlov aholining bo'sh pul mablag'larini banklardagi omonatlarga jalb qilishda tijorat banklarini rag'batlantirish va ular faoliyatini kuchaytirish, banklarning investitsion imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun resurs bazalarini mustahkamlash, omonatlarni jalb etishda sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek aholiga ko'rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari sifatini yanada oshirish va aholi omonatlarini jalb etish sohasida ilg'or tajribani keng joriy etish maqsadida o'tkazilmoqda.

2014 yil 25 yanvar kuni Tanlov g'oliblarini e'lon qilish O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Fuqarolarning banklardagi omonatlarni kafolatlash jamg'armasi va tijorat banklarining rahbarlari ishtirokida tantanali muhitda Tashkiliy qo'mita raisi - Markaziy bank Raisi F.M. Mullajonov boshchiligida O'zbekiston banklari uyushmasida o'tkazildi.

Bankimizning Navoiy filiali «Qishloq joylarida omonatlarni jalb qilishi bo'yicha eng yaxshi filial» nominatsiyasida g'olib bo'ldi. Filial rahbariga 1-o'rin uchun "Damas" rusumli avtomobilning kaliti tantanali ravishda topshirildi.

 

 

27-01-2014

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.