Yangi chempion

Yangi chempion

Chirchiq shahridagi “Olimpiya zaxiralari kolleji” sport majmuasida OAT “Aloqabank”ning Bosh bank, Amaliyot boshqarmasi va hududiy filiallarining ayollar jamoalari o'rtasida voleybol bo'yicha an'anaviy turnir bo'lib o'tdi.

Musobaqada jamoalar 4 guruhga bo'lingan holda chorak final yo'llanmalari uchun kurash olib bordi. O'z guruhlarida birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar g'oliblik uchun o'zaro bahs olib borib quyidagi natijalarga erishdilar:

Chorak final

Farg'ona” - “Qoraqolpog'iston” – 1:2   

“Navoiy” – “Toshkent -2” - 2:1

“Surxondaryo” – “Qashqdaryo” – 2:0

“Toshkent-1” - “Qo'qon” – 2:0

 

Yarim final

“Navoiy” - “Qoraqolpog'iston” – 2:0

“Surxondaryo” – “Toshkent-1” – 2:0

Final

“Surxondaryo” – “Navoiy” – 2:0

 

Eng qizig'i shundaki uch yil davomida birinchilikni qo'ldan bermay kelayotgan poytaxtliklarning “Toshkent-1” jamoasi bu yil poytaxtda o'tkazilayotgan turnirning o'zida birinchilikni vohaning “Surxondaryo” jamoasiga yarim finalda boy berdi. Shu bilan birga har yili yetakchi hisoblanib kelayotgan “Farg'ona” jamoasini shu yilgacha guruh o'yinlaridan ham chiqa olmagan “Qoraqolpog'iston” jamoasi «PLEY-OFF» o'yinlarida Farg'onaliklar ustidan 2:1 hisobida ustin keldi va chorak final o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bu yilgi poytaxtda bo'lib o'tgan juda ham qiziqarli musobaqa yangi chempion va sovridorlarni kashf etdi. Bu o'z navbatida keyingi yilgi musobaqalarga jamoalarning yanada kuchliroq tayyorgarlik ko'rishlariga undaydi.
 
27-05-2013

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.