"Aloqabank"da mehmonlar

"Aloqabank"da mehmonlar

2012 yil 12-14 sentabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan "O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o'rni va ahamiyati to'g'risida"gi Xalqaro konferensiya doirasida OAT "Aloqabank"ka xorij mehmonlari tashrif buyurishdi.

Mehmonlar bankning so'nggi yillardagi yutuqlari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Bank mutaxassislari ushbu sohalarni rivojlantirish uchun bank tomonida qilinayotgan ishlar hamda mehmonlarning boshqa qiziqtirgan barcha savollarga javo berishdi.

Tashrif so'ngida mehmonlarga esdalik sovg'alari topshirildi va kelajakda xorij banklari bilan ham vakillik munosabatlarini o'rnatish rejalashtirildi. 

15-09-2012

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.