AT "Aloqabank" ayollar voleyboli bo'yicha filiallararo musobaqalar o'tkazdi.

AT "Aloqabank" ayollar voleyboli bo'yicha filiallararo musobaqalar o'tkazdi.

2015 yil 21 noyabr kuni Samarqand shahri, Samarqand Davlat Chet tillar instituti zalida AT “Aloqabank” Xodimlari o’rtasida filiallararo ayollar voleyboli bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi.

Musobaqalarda kassirlardan boshlab to bo’lim boshlig’igacha, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan 100 dan ortiq Bank xodimlari ishtirok etdi. Jami 14 jamoani tashkil etib, 4 ta guruhga bo’linishdi:

“A” guruhi – Toshkent, Navoiy, Namangan, Toshkent-2 (Bosh ofis).

“B” guruhi – Surxondaryo, Qoraqalpog’iston, Jizzax, Qoqon.

“C” guruhi – Farg’ona, Samarqand, Qashqadaryo.

“D” guruhi – Andijon, Buxoro, Xorazm.

Shuni takidlash lozimki, oyinning boshidanoq deyarli barcha xodimlar joshqin hamda yaxshi tashkil etilgan o’yin ko’rsatdilar. Natijada guruhlardan quyidagi jamoalar chiqishdi: Toshkent-1, Samarqand, Qo’qon, Buxoro, Farg’ona, Navoiy, Andijon, Surxondaryo.

AT “Aloqabank” ayol xodimlari o’rtasida ketma-ket 8 yil davomida bo’lib o’tayotgan musobaqalarni bu yilgisini ko’rib, xodimlarning yildan yilga mahorati o’sib bo’rayotganini xulosa qilish mumkin.

Musobaqalarda quyidagi jamoalar g’olib chiqishdi:

1-o’rin – Farg’ona jamoasi;

2-o’rin – Qo’qon jamoasi;

3-o’rin – Toshkent-1 jamoasi;

3-o’rin – Surxondaryo jamoasi.

Musobaqalar yakunida g’oliblar va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Bundan tashqari, turli nominatsiyalar bo'yicha ham ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar:

«Eng faol tashkilotchi» – Samarqand filiali;

«Eng Irodali jamoa»     – Bosh ofis jamoasi, Toshkent;

«Eng yaxshi to’p uzatuvchi» – Bazarbaeva Gulzar, Qaraqalpog’iston filiali;

«Eng tajribali o’yinchi» – Egamova Nodira, Jizzax filiali;

«Eng yaxshi hujumchi» – Kazakova Malika, Buxoro filiali;

«Eng yaxshi o’yinchi» – Qodirova Shoxista, Andijon filiali;

«Eng yaxshi murabbiy» – Adamboyeva Durdona;

«Eng yaxshi markaziy o’yinchi» – Kazakova Firuza, Navoiy filiali;

«Eng jozibador jamoa»– Samarqand filiali;

«Eng intizomli jamoa» – Namangan filiali

«Eng chiroyli sport formasi» – Qashqadaryo filiali.

23-11-2015

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.