AT "Aloqabank" Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lib o'tadi.

Hurmatli aktsiyadorlik tijorat "Aloqabank" aktsiyadorlari! Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi to'g'risida Xabarnoma 

 

AT "Aloqabank" Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan, bankning korporativ veb-sayti: www.aloqabank.uz, e-mail: info@aloqabank.uz sizga

2021 yil 17 dekabr kuni soat 11:00  da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz orqali bank aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida qatnashingiz mumkinligini ma'lum qiladi.

 

YIG'ILISH KUN TARTIBI:

1. AT "Aloqabank" aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishining reglamentini tasdiqlash.

2. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021 yil 1 noyabrdagi 19-20/102 XDFU-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida bankning taqsimlanmagan foydasini taqsimlash.

3. AT "Aloqabank" Ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish.

4. AT "Aloqabank"ning 2020 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.

5. AT "Aloqabank" taftish komissiyasi a'zolarini saylash.

6. AT "Aloqabank"ning "korporativ boshqaruv kodeksi"ni, "Kuzatuv kengashi a'zolariga to'lanadigan haq va kompensasiyalar to'g'risida"gi va "manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to'g'risida"gi nizomlarini tasdiqlash hamda "aktsiyadorlik tijorat "Aloqabank" boshqaruvi to'g'risida"gi, "aktsiyadorlik tijorat "Aloqabank" Kuzatuv kengashi to'g'risida"gi Nizomlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish.

 

Aktsiyadorlarga umumiy yig'ilishining o'tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2021 yil 25 noyabr.

Aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aktsiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2021 yil 13 dekabr.

Yig'ilish qatnashchilarini ro'yxatga olish Internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz) foydalangan holda 2021 yil 17 dekabr soat 9:30 da boshlanib 11:00 da to'xtatiladi.

Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan ma'lumotlar bilan bankning www.aloqabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki  info@aloqabank.uz  elektron manzili orqali so'rov yuborishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun telefonlar: 71-232-83-67, 71-233-58-25.

24-11-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.