AT “Aloqabank” faoliyatiga bagʼishlangan matbuot anjumani boʼlib oʼtdi

Yurtimiz iqtisodiyoti rivojlanib borgani sayin zamonaviy bank xizmatlariga boʼlgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Yurtboshimiz tomonidan taʼkidlanganidek, bugungi kunda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan qulayliklar samarasi yanada salmoqliroq boʼlishida raqamli bank xizmatlarining oʼrni beqiyosdir.

Joriy yilning 20-noyabr kuni AT “Aloqabank” faoliyatiga bagʼishlangan matbuot anjumani boʼlib oʼtdi. Oʼz mijozlariga bir qator qulayliklar va imkoniyatlar yaratishdan hech ham charchamaydigan AT “Aloqabank” jamoasi, yurtimiz boʼylab turli xil tadbirkorlik subyektlari va boshqa turdagi mijozlarga sifatli bank xizmatlarini taqdim qilishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan. Ayniqsa Respublika boʼylab asalarichilik faoliyati bilan shugʼullanmoqchi boʼlgan yurtdoshlarimiz uchun tom maʼnoda juda katta imkoniyat eshiklari ochildi desak mubolagʼa boʼlmaydi. Chunki aynan AT “Aloqabank” mazkur soha rivojida tadbirkorlarga haqiqiy yelkadosh doʼst boʼlib hisoblanadi.

Matbuot anjumani davomida:
Raxmatov Xasan Utkirovich – AT “Aloqabank” Boshqaruv Raisi oʼrinbosari
Xolmuradov Аkmal Tolmasovich – АT “Аloqabank” Kreditlash va bankning investitsion faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori.
Oʼroqov Joʼrabek Tuymurodovich – АT “Аloqabank” Chakana biznes departamenti direktori soʼzga chiqishdi hamda joriy yilda bank faoliyatida roʼy bergan oʼzgarishlar, amalga oshirilgan ishlar, yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi boʼyicha bajarilgan vazifalar haqida tashrif buyurganlarga maʼlumot berib oʼtishdi. Аyniqsa bank tarkibiy tuzilmasida tashkil etilgan kompleks xizmatlar koʼrsatish markazlari faoliyati matbuot anjumani qatnashchilarining yuqori qiziqishiga sabab boʼldi.

Marosimning ikkinchi qismida ishtirokchilar taklif etilgan jurnalistlar tomonidan bank faoliyati, mahsulotlari, yaratilgan yangi xizmat turlari haqida berilgan savollarga javob berib oʼtishdi.

Butun dunyoda va yurtimizda boʼlib turgan pandemiya sharoitini inobatga olgan holda, marosim qatnashuvchilarining xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur boʼlgan shart-sharoitlar yaratilganligini alohida taʼkidlab oʼtamiz.

  

  

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.