AT “Аloqabank” va Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik memorandumi imzolandi

2020 yil 6 noyabr kuni Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasida Аkademiya bilan aksiyadorlik tijorat “Аloqabank” oʼrtasida oʼzaro hamkorlik memorandumini imzolashga bagʼishlangan tadbir oʼtkazildi.

Tadbirda Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi Diniy-maʼrifiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʼyicha birinchi prorektori Shuhrat Yovqochev va aksiyadorlik tijorat “Аloqabank” Boshqaruvi Raisi o’rinbosari Xasan Raxmatov hamda tegishli tarkibiy bo’linma rahbarlari ishtirok etishdi.

Tomonlar oʼrtasida oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarishning oʼzaro manfaatli hamkorligining samarali mexanizmini yoʼlga qoʼyish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularni ish oʼrinlari bilan taʼminlash jarayonida ishlab chiqarishning rolini kuchaytirish, oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning natijaviy samaradorligini yanada oshirish hamda mavjud muammolar asosida shakllantirilgan namunaviy mavzular asosida ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish, professor-oʼqituvchilar va mutaxassis-olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-texnologik ishlanmalarning tegishli sohalarga operativ tadbigʼini taʼminlash kabi masalalar hamkorlik faoliyatining maqsadi ekani aytildi.

  

  

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.