2020 yilning III choragi davomida

2020 yil 1 oktyabr holatiga bank aktivlari 8 056,9  mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga (7 291,2 mlrd. so‘m) nisbatan  765,7 mlrd. so‘m yoki 110,5% foizga o‘sdi.

2020 yil 1 oktyabr holatiga bank aktivlarining 5 548,1 mlrd. so‘mi yoki 68,9 foizi kredit qo‘yilmalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2020 yil 1 oktyabr holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 637 704 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (444 155 ta) nisbatan 193 549 taga oshdi va o’sish 143,57 foizni tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to‘lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni yig‘ishga alohida e’tibor qaratilganligi sababli joylarda 12 082 ta terminal va 7 126 ta elektron E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o‘tgan yilning shu davriga (10 970 ta terminal, 3 783 ta elektron E-POS terminal) nisbatan 4 455 taga ko‘paydi va o‘sish 123,19 foizni tashkil etdi.

20-10-2020

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.