2020 yilning II choragi davomida

2020 yil 1 iyul holatiga bank aktivlari 7 526,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga (6 700,0 mlrd. so‘m) nisbatan  826,0 mlrd. so‘m yoki 112,3 foizga o‘sdi.

2020 yil 1 iyul holatiga bank aktivlarining 5 410,1 mlrd. so‘mi yoki 71,9 foizi kredit qo‘yilmalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2020 yil 1 iyul holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 582 576 tani tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to‘lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni yig‘ishga alohida e’tibor qaratilganligi sababli joylarda 12 082 ta terminal va 7 232 ta elektron E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o‘tgan yilning shu davriga (7 353 ta terminal 3 241 ta elektron E-POS terminal) nisbatan 8 720 taga ko‘paydi va o‘sish 182,31 foizni tashkil etdi.

10-07-2020

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.