2020 yilning I choragi davomida

2020 yil 1 aprel holatiga bank aktivlari 7 256,4  mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga (6 031,2 mlrd. so‘m) nisbatan 1 225,2 mlrd. so‘m yoki 120,3 foizga o‘sdi.

2020 yil 1 aprel holatiga bank aktivlarining 5 338,10 mlrd. so‘mi yoki 73,56 foizi kredit qo‘yilmalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2020 yil 1 aprel holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 514 595 tani tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to‘lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni yig‘ishga alohida e’tibor qaratilganligi sababli joylarda 11 499 ta terminal va 6 175 ta elektron E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o‘tgan yilning shu davriga (6 327 ta terminal 3 337 ta elektron E-POS terminal) nisbatan 8 010 taga ko‘paydi va o‘sish 182,88 foizni tashkil etdi.

20-04-2020

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.