AT “Aloqabank” aksiyadorlari diqqatiga!

AT “Aloqabank” Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan, korporativ veb-sayt: www.aloqabank.uz, e-mail: info@aloqabank.uz Sizga 2020 yil 30 sentyabr kuni soat 11:00 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz orqali bank Aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishida qatnashishingiz mumkinligini ma'lum qiladi.

Yig’ilish kun tartibi:

1.    AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.

2.    AT “Aloqabank”ning 2019 yil ish faoliyati yakunlari bo’yicha bank Kuzatuv Kengashi hisobotini tasdiqlash.

3.    AT “Aloqabank”ning 2019 yil ish faoliyati yakunlari hamda 2020 yildagi ustuvor vazifalari to’g’risidagi bank Boshqaruvi Raisi hisobotini tasdiqlash.

4.    AT “Aloqabank”ning 2019 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha Taftish komissiyasi xulosasini tasdiqlash.

5.    AT “Aloqabank”ning 2019 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha Xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan auditorlik hisoboti va xulosasini tasdiqlash.

6.    AT “Aloqabank”ning yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotini tasdiqlash.

7.    AT “Aloqabank”ning 2019 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha olgan sof foydasini taqsimlash.

8.    AT “Aloqabank”ning 2020 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha Xalqaro standartlarga muvofiq auditorlik hisoboti va xulosasini tayyorlash uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to’lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.

9.    AT “Aloqabank” keyingi Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishigacha affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni ma'qullash.

10.  AT “Aloqabank”ning Taftish komissiyasi a'zolarini saylash.

11.  AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashi a'zolarini saylash.

12.  Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun Korporativ boshqaruv qoidalariga rioya etish majburiyatini olish.

13.  AT “Aloqabank”da 2019 yil yakunlari bo’yicha o’tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko’rib chiqish.

14.  “AT “Aloqabank” Taftish komissiyasi to’g’risida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.

Aksiyadorlarga yillik umumiy yig’ilishni o’tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2020 yil 8 sentyabr.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan Aksiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2020 yil 24 sentyabr .

Yig’ilish qatnashchilarini ro’yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz) foydalangan holda 2020 yil 30 sentyabr soat 9:00 da boshlanib 11:00 da to’xtatiladi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan ma'lumotlar bilan bankning www.aloqabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki info@aloqabank.uz elektron manzili orqali so’rov yuborishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun telefonlar: 71-232-83-67, 71-233-58-25.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.