AT "Aloqabank" va O'zbekiston yoshlar ittifoqi o’rtasida hamkorlik memorandum imzolandi

Joriy yilning 8-iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi PQ-3620 sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi shu jumladan, yoshlarning moliyaviy savodxonligi, iqtisodiy bilimlarini oshirish va bank-mijoz tizimini takomillashtirish maqsadida, O'zbekiston Yoshlar ittifoqining Yoshlar press-klubida AT "Aloqabank" va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi o'rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbir ikkala tashkilot tashabbusiga asosan tashkillashtirildi. Ushbu hujjat asosida, ikki tashkilot o'rtasida ta'lim, san’at, madaniyat, tadbirkorlik, qishloq xo'jaligi va asalarichilik bilan bog'liq sohalarda moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Takidlash joizki, ushbu hamkorlik bank va Yoshlar ittifoqi o'rtasidagi aloqalarini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega.

Ayniqsa, yurtimizda yoshlarga bo’lgan e’tibor, ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, umuman yoshlarimizning yanada yuksalishi uchun amalga oshirilayotgan barcha tadbirlar, harakatlar zamirida yurtimizning ertangi kuni, rivojlanishi masalasi turgan bir vaziyatda AT “Aloqabank” va Yoshlar ittifoqi kabi yoshlarni sevuvchi tashkilotlarning bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi juda muhim.

Memorandumni imzolash doirasida, uchrashuvning ikkinchi qismida taklif etilgan mutaxassislar tomonidan quyidagi mavzularda master klasslar o’tkazildi:

Abduxalil Rashidov – AT "Aloqabank" Customer service va marketing departamenti direktori – "Qanday qilib pulni siz uchun ishlashga majbur qilish mumkin" mavzusi.

Saliyev Ziyodulla – AT “Aloqabank” Protsessing markazi boshlig’i – "Bank faoliyatida Protsessing markazi ahamiyati" mavzusida.

Tadbir yakunida talabalar onlayn fikr-mulohazalarda ishtirok etishdi va moliya, bank faoliyati va tadbirkorlik masalalari bo'yicha o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Shundan so’ng, AT “Aloqabank” Boshqaruv Raisi o’rinbosari Xasan Raxmatov va O’zbekiston yoshlar ittifoqi Raisining birinchi o’rinbosari Akmal Jumaboyev tomonidan ikki tashkilot o’rtasidagi hamkorlik memorandum imzolandi.

  

  

  

    

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.