Aloqabankning hurmatli xodimlari va mijozlari!

COVID-19 virusining tarqalishi munosabati bilan, bankimizda amal qilinishi lozim bo’lgan tavsiyalar ro’yxatini tayyorlab qo’ydik:

Ish paytida himoyalovchi niqobdan foydalaning.

Qo’lingizni doimiy ravishda kirlangan yuzalar bilan ishlagandan so’ng, dezinfeksiyalovchi vositalar bilan tozalab turing (telefon, stol, papkalar, banknota va boshqalar).

Ish joyingizni tozalikda saqlang, stol va inventarlarni dezinfeksiyalovchi vositalar bilan doimiy ravishda tozalab turing.

Xonalarni imkon qadar tez-tez shamollatib turing.

Ish qurollaringizni va ish joyingizni kun oxirida tegishli tartibda albatta dezinfeksiya qiling.

Ushbu ehtiyotkorlik choralariga so’zsiz amal qilishingizni so’raymiz.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.