Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 10.03.2020

AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2020 yil 10 mart kuni, soat 9:00 da Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida o’tkazildi.

Yig’ilishda bank aksiyadorlari, Kengash va Boshqaruv a’zolari, Bosh bankning departament, boshqarma va bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig’ilishda quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

  1. AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash to’g’risida.
  2. Aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash to’g’risida.
  3. “Aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank” Aktsiyadorlari-ning umumiy yig’ilishi to’g’risida”gi, “Aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank” Kuzatuv Kengashi to’g’risida”gi, “Aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank” Boshqaruvi to’g’risida”gi, “Aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank” minoritar aksiyadorlari qo’mitasining faoliyati tartibi to’g’risida”gi hamda “Bank Kuzatuv Kengashi a’zolariga to’lanadigan haq va kompensatsiyalar  to’g’risida”gi Nizomlarni (yangi tahrirda) tasdiqlash to’g’risida.
  4. AT “Aloqabank” tomonidan “Umidsiz” aktiv sifatida tasniflanib, bank balansining “Ko’zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlariga o’tkazilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish to’g’risida.

2020 yil 4 mart kuniga AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega bo’lgan ovoz beruvchi Aksiyadorlar soni 1 329 tani tashkil etib ularga tegishli bo’lgan jami ovoz beruvchi aksiyalar soni 7 862 863 805 donadan iborat bo’ldi.

Yig’ilishda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish yakunlangandan so’ng, bankning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining
7 341 122 454 donasi yoki 93,36 foizga ega bo’lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro’yxatdan o’tdi hamda “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunga asosan aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini o’tkazish vakolatli ya’ni, kvorum mavjud deb hisoblandi.

Ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarni ro’yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun son jihatidan uch kishidan iborat bo’lgan quyidagi sanoq komissiyasi saylandi:

Qo’rg’onov T. - Sanoq komissiyasi raisi

Chagaev M. - komissiya a’zosi

Olimov S. - komissiya a’zosi

Kun tartibiga quyilgan masalalar bo’yicha ovoz berish natijalari quyidagi jadvalda berilmoqda:

 

Yig’ilish kun tartibi:

Yoqlaganlar

Qarshilar

Betaraflar

ovoz soni

%

ovoz soni

%

ovoz soni

%

1

AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash to’g’risida.

99,79

7 325 717 332

0,21

15 405 122

-

-

2

Aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash to’g’risida.

99,79

7 325 717 332

0,21

15 405 122

-

-

3

“Aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank” Aktsiyadorlari-ning umumiy yig’ilishi to’g’risida”gi, “Aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank” Kuzatuv Kengashi to’g’risida”gi, “Aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank” Boshqaruvi to’g’risida”gi, “Aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank” minoritar aksiyadorlari qo’mitasining faoliyati tartibi to’g’risida”gi hamda “Bank Kuzatuv Kengashi a’zolariga to’lanadigan haq va kompensatsiyalar  to’g’risida”gi Nizomlarni (yangi tahrirda) tasdiqlash to’g’risida.

99,79

7 325 717 332

0,21

15 405 122

-

-

4

AT “Aloqabank” tomonidan “Umidsiz” aktiv sifatida tasniflanib, bank balansining “Ko’zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlariga o’tkazilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish to’g’risida.

99,66

7 316 238 452

0,21

15 405 122

0,13

9 478 880

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.