Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” aksiyadorlari diqqatiga !!!

Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” aksiyadorlari diqqatiga!!! Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini chaqirish to’g’risida

Sizni Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida 2020 yil 10 mart kuni soat 9:00 da bo’lib o’tadigan AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishiga taklif etamiz.

Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

  1. AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash to’g’risida
  2. Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash to’g’risida
  3. “Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” Aksiyadorlari umumiy yig’ilishi to’g’risida”gi, “Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” Kuzatuv Kengashi to’g’risida”gi, “Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” Boshqaruvi to’g’risida”gi, “Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” minoritar aksiyadorlari qo’mitasining faoliyati tartibi to’g’risida”gi hamda “Bank Kuzatuv Kengashi a’zolariga to’lanadigan haq va kompensasiyalar  to’g’risida”gi Nizomlarni (yangi tahrirda) tasdiqlash to’g’risida
  4. AT “Aloqabank” tomonidan “Umidsiz” aktiv sifatida tasniflanib, bank balansining “Ko’zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlariga o’tkazilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish to’g’risida

AT “Aloqabank” Kengashining 2020 yil 4 fevraldagi yig’ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxati 2020 yil 4 mart kuni holatiga hamda umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati 2020 yil 14 fevral kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro’yxatga olish 2020 yil 10 mart kuni soat 8:00 dan 8:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o’zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so’raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank”da tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz.

Ma’lumot uchun telefonlar: 71-232-83-67, 71-233-58-25.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.