Markaziy Bankning 3030-sonli qaroriga muvofiqlik

Bankning rasmiy veb-saytida axborot berish xususiyatlari

Bankning rasmiy veb-saytida saytning tuzilishini bayon etuvchi, ushbu tuzilmadagi rasmiy veb-saytning har bir sahifasi joylashgan joyni qulay shaklda aniqlash imkonini beruvchi bo’lim bo’lishi kerak.

Bankning rasmiy veb-sayti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 2 i ldagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan “Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi nizomga muvofiq bo’lishi kerak.

Bankning rasmiy veb-saytidagi axborotdan foydalanishda:

iste'molchilar zarur ma'lumotlardan xohlagan paytida tanishib chiqish va undan foydalanish imkoniga ega bo’lishi kerak. Ma'lumot bilan tanishganlik yoki undan boshqacha tarzda foydalanganlik uchun haq undirilmasligi hamda boshqa cheklovlar qo’yilmasligi lozim;

iste'molchi ma'lumot bilan bepul va keng tarqalgan dasturiy ta'minot yordamida foydalanish imkoniga ega bo’lishi lozim;

axborot shifrlangan yoki boshqa vositalar orqali himoyalangan bo’lmasligi kerak;

bank o’z rasmiy veb-saytida joylashtirilgan axborotdan (iste'molchining shaxsiy kabinetida joylashtirilgan axborotdan tashqari) foydalanish uchun iste'molchidan ro’yxatdan o’tish yoki shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etishini, shuningdek u bilan turli xil bitimlar tuzishni talab qilishga haqli emas.

Bank rasmiy veb-saytining mazkur bank va ko’rsatilayotgan bank xizmatlari shartlari to’g’risida axborotlarni o’z ichiga olgan bo’limiga veb-saytning bosh sahifasidan giperhavolalar orqali bir o’tishda kirish uchun imkoni yaratilgan bo’lishi kerak:

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.