Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 29.09.2018

AT «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2018 yil 29 sentyabr kuni soat 10:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida o’tkazildi.

Yig’ilishda bank aksiyadorlari, Kengash va Boshqaruv a’zolari, Bosh bankning departament, boshqarma va bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig’ilishda quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

  1. AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. AT “Aloqabank” Ustaviga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida.
  3. “AT “Aloqabank” Kengashi to’g’risida”gi va “AT “Aloqabank” Taftish komissiyasi to’g’risida”gi Nizomlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida.
  4. AT “Aloqabank”ning yangi tarkibda bank Kengashi a’zolarini saylash to’g’risida.
  5. AT “Aloqabank”ning yangi tarkibda Taftish komissiyasi a’zolarini saylash to’g’risida.

2018 yil 25 sentyabr kuniga AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega bo’lgan ovoz beruvchi Aksiyadorlar soni 1 293 tani tashkil etib ularga tegishli bo’lgan jami ovoz beruvchi aksiyalar soni 7 287 651 244 donadan iborat bo’ldi.

Yig’ilishda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish yakunlangandan so’ng, bankning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining 6 791 642 539 donasi yoki 93,19 foizga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxatdan o’tdi hamda «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazish vakolatli ya’ni, kvorum mavjud deb hisoblandi.

Bank Kengashining 2018 yil 20 sentyabrdagi yig’ilishida 2018 yil 29 sentyabrda o’tkaziladigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarni ro’yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun son jihatidan uch kishidan iborat bo’lgan quyidagi sanoq komissiyasi saylandi:

I.Isroilov - Sanoq komissiyasi raisi

T.Qo’rg’onov - komissiya a’zosi

M.Chagaev - komissiya a’zosi

Kun tartibiga quyilgan masalalar bo’yicha ovoz berish natijalari quyidagi jadvalda berilmoqda:

Yig’ilish kun tartibi:

Yoqlaganlar

Qarshilar

Betaraflar

ovoz soni

%

ovoz soni

%

ovoz soni

%

1

AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.

6 791 642 539

100,00

-

-

-

-

2

AT “Aloqabank” Ustaviga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida.

6 791 642 539

100,00

-

-

-

-

3

“AT “Aloqabank” Kengashi to’g’risida”gi va “AT “Aloqabank” Taftish komissiyasi to’g’risida”gi Nizomlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida.

6 778 844 629

99,86

12 797 910

0,2

-

-

9

Bankning taftish komissiyasi a’zolarini saylash.

Dadamuxammedov Rustam Abdugapparovich

6 791 642 539

100,00

-

-

-

-

Rasulev Mumindjan Xalikovich

6 791 642 539

100,00

-

-

-

-

Mavlyudov Eldar Xayratdinovich

6 791 642 539

100,00

-

-

-

-

10

AT “Aloqabank” Kengashi a’zolarini saylash.

Kandidatlar to’g’risida ma’lumot

F.I.Sh.

Ish joyi

Ovozlar soni

Sadikov Shuxrat Muhamadjonovich

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

1 288 276 988

Umarov Olimjon Muxamadjanovich

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining birinchi o’rinbosari

1 282 378 937

Mansurov Rustam Pulatovich

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK boshlig’i

1 282 378 937

Kadirov Shuxrat Munavvarovich

“O’zbektelekom” AK Bosh direktori v.v.b.

1 282 378 937

Yuldashev Faxriddin Turakulovich

“Nano lizing kompaniyasi” MChJ Direktori

1 282 378 937

Ishanxodjaev Asror Aslanovich

Aloqa xodimlari kasaba uyushmasi qo’mitasi Respublika kengashi raisi

1 282 378 937

Iminov Toxirjon Karimovich

“ALSKOM” AJ sug’urta kompaniyasi Bosh direktori

1 282 378 937

Teshabaev To’lqin Zakirovich

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Rektori

1 282 378 937

Xaytmetov Rustam Maxkamdjanovich

O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining bo’lim boshlig’i – bosh buxgalteri

50 589 853 304

                 

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.