Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 31.07.2018

AT «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2018 yil 31 iyul kuni soat 10:00 da, Toshkent shahri,      Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida o’tkazildi.

Yig’ilishda bank aksiyadorlari, Kengash va Boshqaruv a’zolari, Bosh bankning departament, boshqarma va bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig’ilishda quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

  1. AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. AT “Aloqabank” Ustaviga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida.

2018 yil 25 iyul kuniga AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega bo’lgan ovoz beruvchi Aksiyadorlar soni 1 295 tani tashkil etib ularga tegishli bo’lgan jami ovoz beruvchi aksiyalar soni 2 779 958 021 donadan iborat bo’ldi.

Yig’ilishda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish yakunlangandan so’ng, bankning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining 2 061 395 223 donasi yoki 74,15 foizga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxatdan o’tdi hamda «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazish vakolatli ya’ni, kvorum mavjud deb hisoblandi.

Bank Kengashining 2018 yil 20 iyuldagi yig’ilishida 2018 yil 31 iyulda o’tkaziladigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarni ro’yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun son jihatidan uch kishidan iborat bo’lgan quyidagi sanoq komissiyasi saylandi:

T.Qo’rg’onov - Sanoq komissiyasi raisi

A.Madjidov - komissiya a’zosi

M.Chagaev - komissiya a’zosi

Kun tartibiga quyilgan masalalar bo’yicha ovoz berish natijalari quyidagi jadvalda berilmoqda:

Yig’ilish kun tartibi:

Yoqlaganlar

Qarshilar

Betaraflar

ovoz soni

%

ovoz soni

%

ovoz soni

%

1

AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.

2 061 395 223

100,00

-

-

-

-

2

AT “Aloqabank” Ustaviga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida.

2 061 395 223

100,00

-

-

-

-

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.