Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 10.07.2018

AT «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2018 yil 10 iyul kuni soat 10:00 da, Toshkent shahri,       Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining  majlislar zalida o’tkazildi.

Yig’ilishda bank aksiyadorlari, Kengash va Boshqaruv a’zolari, Bosh bankning departament, boshqarma va bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig’ilishda quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

  1. AT «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. AT “Aloqabank” va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi” o’rtasida depozit shartnomasini tuzish to’g’risida.
  3. “O’zbektelekom” AKga kredit mablag’larini ajratish to’g’risida.
  4. “O’zbektelekom” AKga ajratiladigan kredit bo’yicha “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi”ning depozit garovi shartnomasini imzolash to’g’risida.
  5. AT “Aloqabank”ning 2018 yil ish faoliyati yakuni yuzasidan oraliq va yillik auditorlik tekshiruvi o’tkazish, auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to’lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash to’g’risida.

2018 yil 4 iyul kuniga AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega bo’lgan ovoz beruvchi Aksiyadorlar soni 1 296 tani tashkil etib ularga tegishli bo’lgan jami ovoz beruvchi aksiyalar soni 2 779 958 021 donadan iborat bo’ldi.

Yig’ilishda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish yakunlangandan so’ng, bankning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining 2 716 990 317 donasi yoki 97,73 foizga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxatdan o’tdi hamda «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazish vakolatli ya’ni, kvorum mavjud deb hisoblandi.

Bank Kengashining 2018 yil 28 iyundagi yig’ilishida 2018 yil 10 iyulda o’tkaziladigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarni ro’yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun son jihatidan
3 kishidan iborat bo’lgan quyidagi sanoq komissiyasi saylandi:

I.I.Isroilov  - Sanoq komissiyasi raisi

     A.A.Madjidov - komissiya a’zosi

     M.B.Chagaev      - komissiya a’zosi

 

Kun tartibiga quyilgan masalalar bo’yicha ovoz berish natijalari quyidagi jadvalda berilmoqda:

Yig’ilish kun tartibi:

Yoqlaganlar

Qarshilar

Betaraflar

ovoz soni

%

ovoz soni

%

ovoz soni

%

1

AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.

2 716 990 317

100,00

-

-

-

-

2

AT “Aloqabank” va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi” o’rtasida depozit shartnomasini tuzish to’g’risida.

1 683 271 298

100,00

-

-

-

-

3

“O’zbektelekom” AKga kredit mablag’larini ajratish to’g’risida.

2 093 475 595

100,00

-

-

-

-

4

“O’zbektelekom” AKga ajratiladigan kredit bo’yicha “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi”ning depozit garovi shartnomasini imzolash to’g’risida.

1 472 979 716

100,00

-

-

-

-

5

AT “Aloqabank”ning 2018 yil ish faoliyati yakuni yuzasidan oraliq va yillik auditorlik tekshiruvi o’tkazish, auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to’lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash to’g’risida.

 

“Deloitte & Touche”

-

-

-

-

-

-

“PriceWaterhouseCoopers”

1 707 933 870

62,86

-

-

-

-

“Ernst & Young”

-

-

-

-

-

-

“KPMG audit”

1 009 056 447

37,14

-

-

-

-

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.