Saylov qonunchiligi targ’iboti oyligi

Saylov qonunchiligi targ’iboti oyligini o’tkazish maqsadida AT “Aloqabank” Bosh ofis katta majlislar zalida bankning Bosh ofis Amaliyot boshqarmasi va Mirobod filiali xodimlari uchun davra suxbati o’tkazildi.

Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan bir oy davomida “Saylov qonunchiligi targ’iboti oyligi” o’tkazish belgilanganligi munosabati bilan ushbu davra suhbatiga Markaziy saylov komissiyasining saylov masalalari tartibga soluvchi nomativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati, shuningdek saylovchilarning huquq va erkinliklarini keng tushuntirish maqsadida Markaziy saylov komissiyasining azosi B.Yunusov taklif qilindi.

U o’zining maruzasida joriy yilning 22 dekabr kuni bo’lib o’tadigan Oliy majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlari depututlariga saylovlar milliy mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, O’zbekistonni dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo’shishda yana bir muhim amaliy qadam bo’ladi. Butun xalqimiz, saylovchilarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning orzu-intilishlarini ifoda etishlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishini aytib o’tdi.

Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo’lgan huquqiy normalarning nechog’lik demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o’z xohish-irodasini erkin ifoda etishning, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo’lib, o’ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Saylov jarayoni fuqarolar siyosiy faolligining oshishi, huquqiy ongi va siyosiy madaniyatining yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

Saylovlar - fuqarolarning jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokining asosiy shakli, ularning o’z siyosiy huquqlarini ro’yobga chiqarish, xohish-irodasini erkin ifodalashni ta'minlashga xizmat qiladigan muhim siyosiy tadbirligini inobatga olib O’zbekistonimizning faravon kelajagi uchun qonunlar yaratuvchi Parlament va hududlar manfaatlarini ro’yobga chiqaradigan munosib nomzodlarni tanlashda “men ham mas’ulman” deb yondashsak yurtimiz porloq kelajagiga munosib hissa qo’shgan bo’lamiz deb tadbirga yakun yasadi.

 

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.