Ta’lim krediti

Ta’lim kreditining asosiy shartlari:

Kredit miqdori

Kredit muddati

Yillik foiz stavkasi

talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) ga asosan

12 oy

26%

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • 3 shaxs kafilligi
  • Likvidli mol-mulk garovi

Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:

1.Passport nusxasi

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) ning daromadlari to’g’risidagi ma’lumot Davlat Soliq qo’mitasi (DSQ) ma’lumotlar bazasidan olinadi. Ma’lumotnomani DSQ ma’lumotlar bazasidan olishning imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda (daromad solig’i to’lamaydigan, daromad solig’idan imtiyoz berilgan fuqarolardan kredit ajratish bo’yicha  ariza kelib tushganda hamda DSQ ma’lumotlar bazasi va Bank ichki axborot tizimida texnik nosozliklar yuzaga kelganda) Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) tomonidan taqdim qilinadi.

  1. Talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt).
  2. Ta’minot hujjatlari

Agar kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafil shaxsdan talab etiladigan hujjatlar

Kafil jismoniy shaxs bo'lganda:

  • Pasport nusxasi (asli ko'rsatiladi);

Kafil yuridik shaxs bo'lganda:

  • Kafil bo'layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari
  • Auditor xulosasi
  • Kafillik berish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni
11-01-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.