Overdraft

Overdraft krediti – bank plastik kartasi saqlovchisiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to’lovlarni amalga oshirishda bank plastik kartasi hisobvarag’idagi qoldiq mablag’idan ortiq miqdordagi mablag’ni ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shakli.

Overdraftning asosiy shartlari:

Kredit miqdori

Kredit muddati

Yillik foiz stavkasi

Kredit ajratish shakli

Qarz oluvchining o’rtacha oylik ish haqining 3 barobari miqdorigacha BHMning 100 barobaridan oshmagan miqdorda

12 oygacha

30%

AT "Aloqabank"da ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik kartalari orqali

 

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • Jismoniy shaxs  kafilligi;
  • Likvidli mol-mulk garovi.

Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:

1. Ish joyidan ishlashi  va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risidagi ma’lumotnoma (lavozimi, SHJBPH raqami hamda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR) ko’rsatilishi lozim);

2. Pasport nusxasi.

Kafil shaxsdan talab etiladigan hujjatlar:

1. Ish joyidan ishlashi  va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risidagi ma’lumotnoma (lavozimi, SHJBPH raqami hamda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR) ko’rsatilishi lozim);

2.Pasport nusxasi.

Bankning Andijon, Surxondaryo va Mirobod (Yunusobod kompleks xizmat ko'rsatish markazi bundan mustasno) filiallarida jismoniy shaxslarga kredit ajratish amaliyoti vaqtincha to'xtatilgan.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.