Ipoteka Krediti
AT «Aloqabank» tomonidan jismoniy shaxslarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-sonli «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq ko’p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun hamda Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida 2020 yil 1 mayga qadar jismoniy shaxslarga qonunda belgilangan tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (qayta qurish) uchun ajratiladigan ipoteka krediti shartlari
(Ushbu ipoteka kreditlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan resurs mablag’lari ajratilgandan so’ng taqdim etiladi)
Ipoteka krediti asosiy shartlari
Kredit muddati |
20 yilgacha |
Imtiyozli davr |
Imtiyozli davrsiz |
Boshlang’ich badal miqdori |
Ko’p kvartirali uylardan kvartira sotib olishda, sotib olinadigan kvartira qiymatining:
Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (qayta qurish)da:
|
Kredit yillik foiz stavkasi* |
Shaharlarda - 19% Qishloq joylarda - 18% |
Ta’minot turi |
|
*Kreditning foiz stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa – o’zgarishsiz qoladi.
Qarz oluvchidan talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:
a) Ariza;
b) Mijoz (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil)ning pasportining asli (Bank xodimi tomonidan pasportning aslidan nusxa olinadi);
c) Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan kvartira sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurish (qayta qurish) bo’yicha shartnoma;
d) Subsidiya xabarnomasi (Subsidiya ajratish to’g’risida ijobiy xulosaga ega bo’lgan shaxslar uchun);
e) uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalariga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat(lar) nusxasi (Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun);
f) yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) ishlari bo’yicha loyiha smeta hujjatlari va smeta bo’yicha ekspertiza xulosasi (Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun);
g) qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tegishli tashkilot(lar) tomonidan ruxsat berilganligi to’g’risida hujjat (Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun);
h) kredit ta’minoti bilan bog’liq hujjatlar.
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) ning daromadlari to’g’risidagi ma’lumot Davlat Soliq qo’mitasi (DSQ) ma’lumotlar bazasidan olinadi. Ma’lumotnomani DSQ ma’lumotlar bazasidan olishning imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda (daromad solig’i to’lamaydigan, daromad solig’idan imtiyoz berilgan fuqarolardan kredit ajratish bo’yicha ariza kelib tushganda hamda DSQ ma’lumotlar bazasi va Bank ichki axborot tizimida texnik nosozliklar yuzaga kelganda) Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) tomonidan taqdim qilinadi.
Potentsial qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo’lishi lozim:
- ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunda 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan va 50 (ellik) yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo’jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, ipoteka krediti bo’yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to’lov jadvaliga muvofiq har oyda to’lash uchun etarli bo’lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo’lgan shaxslar;
- Qarz yuki ko’rsatkichi (ipoteka krediti bo’yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun subsidiya berish nazarda tutilgan hollarda mazkur subsidiyani hisobga olgan holda) 70 (etmish) foizdan yuqori bo’lmagan shaxslar;
- ipoteka krediti olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining:
a) qishloq joylarda – kamida 10 (o’n) foiz;
b) shaharlarda – kamida 20 (yigirma) foizi miqdorida (shu jumladan, subsidiya to’lanadigan shaxslar bo’yicha subsidiya summasini inobatga olgan holda) boshlang’ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lgan shaxslar;
- Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (qayta qurish) ishlari qiymatining kamida 10 (o’n) foizi miqdorida dastlabki badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lgan shaxslar;
- sotib olinadigan kvartiraning qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismini shakllantirish (to’lash) imkoniyatiga ega bo’lgan shaxslar;
- ipoteka kreditini ajratishni ko’rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorligi mavjud bo’lmagan shaxslar.
Mijoz va Birgalikda qarz oluvchining Qarz yuki ko’rsatkichi belgilangan me’yordan yuqori bo’lganda, ularning Bank oldidagi qarz majburiyatini ta’minlash yuzasidan yuridik shaxslar kafilligi qabul qilinishi va yuridik shaxsning yillik sof foydasini 50 (ellik) foizi Mijozning Qarz yuki ko’rsatkichini hisoblashda qo’shilishi mumkin.
Qarz yuki ko’rsatkichi hisob-kitoblarida Mijoz va Birgalikda qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda – ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining o’rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
Kreditni qaytarish va u bo’yicha foizlarni to’lash har oyda teng miqdorlarda, ya’ni annuitet usulida Bank va Qarz oluvchi o’rtasida tuzilgan ipoteka krediti shartnomasi hamda to’lov grafigi bo’yicha amalga oshiriladi.
Uy-joylarning hisoblangan qiymati, ipoteka krediti va boshlang’ich badal miqdori
Ming so’mda
№ |
Hudud |
Uyning hisoblangan qiymati |
Ipoteka kreditining eng ko’p miqdori |
Boshlang’ich badalning eng kam miqdori |
|
1 va 2 xonali kvartira uchun |
|||
|
Qishloq joylarda |
266 667 |
240 000 |
26 667 |
|
Shaharlarda |
300 000 |
240 000 |
60 000 |
|
Toshkent shahrida |
330 000 |
264 000 |
66 000 |
|
3 va undan ko’p xonali kvartira uchun |
|||
|
Qishloq joylarda |
355 556 |
320 000 |
35 556 |
|
Shaharlarda |
400 000 |
320 000 |
80 000 |
|
Toshkent shahrida |
440 000 |
352 000 |
88 000 |
Foiz xarajatlarini bir qismini qoplash uchun subsidiyalar olish huquqiga ega bo’lgan Qarz oluvchilarning foiz xarajatlarining bir qismi har oyning 25-sanasigacha hududiy g’aznachilik bo’linmalari tomonidan Qarz oluvchining Bank tomonidan ko’rsatilgan hisobvaraqqa o’tkazib beriladi.
Sotib olinadigan kvartiraning qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi Mijoz tomonidan o’z mablag’lari va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to’lanadi.
Sotib olinadigan kvartira qiymatining uy-joy hisoblangan qiymatidan oshib ketgan miqdorini banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar hisobidan to’lanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan xonalarga bo’linmagan holda qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlari bo’yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag’lari hisobidan subsidiyalar to’lanmaydi.
Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan xonalarga bo’linmagan holda qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlarining cheklangan miqdor
№ |
Hudud |
Ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori (Ming so’m) |
1. |
Umumiy maydoni 60 metr kvadratgacha bo’lgan kvartiralar uchun |
|
1.1. |
Toshkent shahrida |
264 000 |
1.2. |
Boshqa hududlarda |
240 000 |
2. |
Umumiy maydoni 60 metr kvadratdan ortiq bo’lgan kvartiralar uchun |
|
2.1. |
Toshkent shahrida |
352 000 |
2.2. |
Boshqa hududlarda |
320 000 |
Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.