Avtokredit

Avtokredit - “UZAUTO MOTORS“ning rasmiy dilerlaridan avtomobil xarid qilish uchun mo’ljallangan  kredit turi.

Avtokreditning asosiy shartlari:

Muddati Yillik foiz stavkasi Boshlang’ich badal Imtiyozli davr
1 yilgacha 28 % Kredit summasining 40 foizi miqdorida Imtiyozli davrsiz

1 yildan

2 yilgacha

29 % Kredit summasining 35 foizi miqdorida Imtiyozli davrsiz

2 yildan

3 yilgacha

30 % Kredit summasining 30 foizi miqdorida Imtiyozli davrsiz

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • Sotib olinayotgan transport vositasi (transport vositasi kredit muddatiga mos ravishda sug’urtalanishi lozim);
  • Sotib olinayotgan transport vositasi garovi taqdim qilingunga qadar kredit qaytmaslik xatarining bank foydasiga sug’urta qilinganligi to’g’risidagi sug’urta polisi;
  • Kredit summasining 30 foizidan 40 foizigacha miqdorida omonat garovi (sotib olinayotgan transport vositasi garovi rasmiylashtirilgandan so’ng omonat garovi mablag’i to’liq miqdorda kredit so’ndirishga yo’naltiriladi).

Avtokredit olish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar:

  • Ish joyidan ishlashi  va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risidagi ma’lumotnoma (lavozimi, SHJBPH raqami hamda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR) ko’rsatilishi lozim);
  • Pasport nusxasi;
  •  “UZAUTO MOTORS” rasmiy dileri bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.

Ta’minotga doir hujjatlar:

  • Sotib olinayotgan avtotransport vositasi summasining 40 foizi miqdorida omonat garovi.

Agar kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafil shaxsdan talab etiladigan hujjatlar:

Kafil jismoniy shaxs bo'lganda:

  • Pasport nusxasi (asli ko'rsatiladi);
  • Ish joyidan ishlashi  va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risidagi ma’lumotnoma (lavozimi, SHJBPH raqami hamda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR) ko’rsatilishi lozim).

Kafil yuridik shaxs bo'lganda:

  • Kafil bo'layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari;
  • Auditor xulosasi;
  • Kafillik berish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni;
  • Ta'sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta'sis shartnoma).

Bankning Andijon, Surxondaryo va Mirobod (Yunusobod kompleks xizmat ko'rsatish markazi bundan mustasno) filiallarida jismoniy shaxslarga kredit ajratish amaliyoti vaqtincha to'xtatilgan.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.