SWIFT gpi

SWIFT gpi – xalqaro to’lovlar endi yanada tezoq!

SWIFT gpi (Global Payments Innovation) – xalqaro tranzaksiyalar tezligini va to’lovlarni amalga oshirishda shaffoflikni ta’minlab beruvchi Xalqaro hisob-kitoblar standarti.

Xalqaro to’lovlar sohasida innovasion tizimni joriy etish bo’yicha Swift xalqaro tashabbusi xalqaro to’lovlarni amalga oshirishda tezlikni, shaffolikni va doimiy kuzatishni oshirish orqali xalqaro to’lovlarni amalga oshirishda mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Tizim afzalliklari:

  • To’lov kunida mablag’larni kreditlash
  • Komissiya shaffofligi
  • To’lovlarni qayerda va qaysi bosqichda amalga oshirilishini doimiy ravishda monitoring qilish
  • Pul o’tkazmalari to’g’risida ma'lumot o’zgarishsiz qoladi

Swift gpi to’lovlarni qayta ishlash modelini tubdan o’zgartiradi va Swift gpi qatnashayotgan banklarga real vaqt rejimida to’lovlarni kuzatishni ta'minlab, butun zanjir to’g’risida to’liq ma'lumot olish imkoniyatini beradi.

Swift gpi – bu global darajadagi bank to’lovlarini qayta ishlash jarayonlarini standartlashtirish. Zamonaviy, tez o’zgarib turadigan dunyoda, texnologiyalarning jadal rivojlanishi sharoitida bu juda muhimdir, shuningdek hamma jarayonlarning, shu jumladan bank orqali mablag’larni yuborish va olishda xam shaffoflikni oshiradi. Ochiq ma'lumotlarga kirish, oshkoralik, sezgirlik va jarayonlarning moslashuvchanligi Swift gpi tizimining ajralmas afzaliklaridan biri hisoblanadi.

Jumladan bu xizmat banklarga yangi texnik imkoniyatlardan foydalanish va shu bilan birga operatsion xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.   

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.