Faktoring xizmatlari

Faktoring — bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar-etkazib beruvchilarni ular yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovchilar tomonidan aktseptlangan, lekin ular tomonidan to’lanmagan to’lov talabnomalari bo’yicha to’lov olish huquqini bankka — moliyaviy agentga regress huquqisiz o’tkazib berishi evaziga moliyalashtirish bo’yicha bank xizmatining turidir.

Doimiy pul aylanmasiga ega bo’lgan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari uchun:

Faktoring miqdori – Debitorlik qarzdorligi miqdorida

Faktoring muddati - 90 kungacha

Diskont - 10%

Taqdim qilinadigan hujjatlar:

  • Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va to’lovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish shartnomalari
  • Moddiy boyliklar berilgani, ishlar bajarilga- ni va xizmatlar ko’rsatilganini tasdiqlaydigan Hujjatlar
  • To’lovchi tomonidan boshqa banklarda ochilgan hisobvaraklar ruyxati

Faktoring ta’minoti:

  • Sotib olingan debitor qarzdorlik

Faktoring maqsadi:

  • Debitor qarzdorlikni sotib olish uchun

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.