Ofis va Bankomatlar
Qidirmoq
71 230 77 77

“Global Money Week 2021” tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

“Global Money Week 2021” tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan hamda AT "Aloqabank" tomonidan joriy yilning 19-20 may kunlari yoshlarni moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Toshkent viloyati Bo'stonliq va Toshkent tumanlardagi bir qator maktab o‘quvchilari orasida e'lon qilingan Butunjahon pul haftaligi – “Global Money Week 2021” doirasida "Moliyaviy savodxonlik kunlik turmush tarzida" devoriy gazetalar tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tanlovda maktabning iqtidorli 8-9-10-sinf o'quvchilari o'z biznes rejalari aks etgan "Mening oila byudjetim" - o'z oilaviy daromadi tasvirlangan devoriy gazetalari bilan faol qatnashib, kelajakdagi rejalari bilan barchani tanishtirib, maqsad sari intilishga qo'yilgan ilk qadamlarini ta'riflab berishdi.

Tanlov o'quvchilarning iqtisodiy savodxonligini yana bir pog'ona yuqoriga ko'tarib,barcha ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi. Tanlov ishtirokchilari Aloqabank tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Shunga o'xshash yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil...

Batafsil

“Global Money Week 2021” tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Batafsil

"Maqsadli yoshlar" xizmat ko'rsatish korporatsiyasi tashkil etildi.

Batafsil

AT "Aloqabank" Amaliyot boshqarmasi va barcha filiallar boshliqlarini kasb malakasi oshirildi....

Batafsil
Barcha yangiliklar
beta-versiya